RU | UZ | EN





Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?



Mazkur operatsiya hajmiga ko’ra o’rtacha 2-3 soat davom etadi va umumiy og’riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 12 kun ichida choklar olinadi.

Bir qator klinik taxlillar va ba‘zan instrumental tekshiruvlardan so’ng amaliyot o’tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 xafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korrektsiyadan oldin bemor uchun ko’krakni siqib to’rish maqsadida kattaligi bo’yicha mos keladigan kompressiyon libos tayorlangan bo’lishi zarur.

Kelib chiqishi mumkin bo’lgan asoratlar:

  • Keloid chandiqlar
  • Gematoma paydo bo’lishi
  • Areola sezuvchanligining kamayishi
  • Infektsiya