RU | UZ | EN





Kattalashtiruvchi mammoplastika turlari



Bugungi kunda, ko‘krak hajmini kattalashtirish maqsadida bajariladigan amaliyotlar qatorida ko‘krakni endoprotezlash usuli butun dunyoda eng samarali va ishonchli deb tan olingan.

Endoprotez o‘rnatish uslubiga qaragan xolda quyidagi yondashuvlar farqlanadi:

Ko’krak osti yondashuvi

Bu holda, kesma ko’krak osti burmasi (KOB) bo’ylab amalga oshiriladi. Mazkur uslub qo’llanilganda jarrox endoprotez uchun qulay tarzda maxsus “joy” yaratish va implantni joylashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu yondashuv ko‘krak bezining to‘qimalari (yani parenximasi) etarli miqdorda bo’lgan hollarda tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyin chandiq tabiiy teri burma ichida qolganligi tufayli odatda ko‘rinmas bo’ladi.

Qo‘ltiq osti yondashuvi

Mazkur uslub yordamida hatto ko‘krak bezining to‘qimasi nisbatan kam miqdorda bo’lgan holatlarda ham yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bundan tashqari, bu texnika qullanilganidan keyin so‘rg‘ich-areola kompleksining sezuvchanligining buzulishi odatda kam uchraydi. Qo‘ltiq osti yondashuvi texnik tomonidan nisbatan murakkab bo’lishi bilan va amaliyotdan so’ng implant siljib qolishi kabi asoratlar foizi yuqoriroq bo’lishi bilan farqlanadi. Operatsiyadan keyingi chandiq qo‘ltiq osti chuqurchasida qoladi va odatda tashqaridan bilinmas bo’ladi.

Periareolar yondashuv

Bu usul ko’pincha mastopeksiya bilan birgalikda o’tkaziladi. Bu holatda, operatsiyadan keyingi chandiq areola dog‘I bilan teri chegarasi bo‘ylab o‘tadi, va deyarli umuman bilinmaydi. Lekin operatsiyadan keyingi davrda, odatda, so‘rg‘ich va areola soxasida teri sezuvchanligining keskin pasayishi kuzatilishi mumkin.