RU | UZ | EN





Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?



Operatsiyadan oldin jarrox va bemor birgalikda endoprotez hajmini aniqlash masalasi juda katta ahamiyatga ega. Implantni individual tarzda tanlash uchun jarrox bemor anatomiyasini va boshqa muxim omillarni hisobga olishi kerak. Mazkur operatsiya o’rtacha 2 soat davom etadi va umumiy og’riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 10 kun ichida choklar olinadi. Ko’krakni endoprotezlash operatsiyasi ba‘zan mastopeksiya yoki liposaktsiya, lipofilling, abdominoplastika kabi amaliyotlar bilan birgalikda ham o’tkazilishi mumkin.



Bir qator klinik taxlillar va ba‘zan instrumental tekshiruvlardan so’ng amaliyot o’tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 xafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korrektsiyadan oldin bemor uchun ko’krakni siqib to’rish maqsadida kattaligi bo’yicha mos keladigan kompressiyon libos tanlab qo’yish zarur.

Kelib chiqishi mumkin bo’lgan asoratlar:

  • Implant konturlanishi
  • Kapsulali kontraktura (odatda xirurgik yol bilan bartaraf etiladi)
  • Keloid chandiqlar
  • Gematoma paydo bo’lishi
  • Areola sezuvchanligining kamayishi (odatda 6 oygacha davom etishi mumkin)
  • Endoprotez joyidan siljib ketishi (qo’ltiq osti yondashuvda nisbatan ko’proq uchraydi)