RU | UZ | EN





Muolaja o’tkazilishidan avval bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo’lishi mumkin?



Plastik jarroh ko’rigi vaqtida xar bir bemorda ma’lum anatomik zonani (yuz, bo’yin va xokazo) aniq o’rganib chiqishi lozim va optimal taktikasini belgilaydi. Ushbu bosqichda, bemorning o’zini yoshroq bo’lganini aks etadigan fotosuratlar ko’p yordam berishi mumkin.

Kosmetologik iplar terini kesmasdan qo’yilishi bemor uchun qo’shimcha afzallik bo’lib muolajani o’tkazilishini yengillashtiradi. Muolaja o’rtacha yarim soat davom etadi va ba’zan maxalliy anesteziya yordamida kechadi (odatda applikatsion shakldagi anestetik etarli bo’ladi). Biostimulatsiya etuvchi iplar ma’lum vaqt ichida so’rilib ketadi va ularning tarkib asosida bo’lgan polisut kislotasi ta’siri natijasida teri qatlamida biriktiruvchi to’qima paydo bo’lib ptozga qarshi karkas sifatida faoliyat ko’rsatadi. Muolajadan keyin shishlar va og’riq bemorni bezovta qilishi mumkin. Odatda bir xafta ichida bu noxushliklar yo’qolib ketadi.

Ko’pincha «thread-correction» mezoterapiya, biorevitalizatsiya, fraktsion termoliz va lazer piling kabi uslublar bilan birgalikda o’tkaziladi.

Iplar qo’yilganidan so’ng kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar va holatlar:
  • Bir necha kun davomida shishlar kuzatilishi mumkin.
  • Bemorni muolajadan so’ng og’rik bezovta qilishi mumkin
  • Gematoma paydo bo’lishi mumkin