RU | UZ | EN





Muolaja o’tkazilishidan avval bemor uchun qanday ma’lumot foydali b’lishi mumkin?



Plastik jarroh ko’rigi vaqtida xar bir bemorda ma’lum anatomik zonani (yuz, bo’yin va xokazo) aniq o’rganib chiqishi lozim va optimal taktikasini belgilaydi. Ushbu bosqichda, bemorning o’zini yoshroq bo’lganini aks etadigan fotosuratlar ko’p yordam berishi mumkin. Filler in’ektsiyalarining amalga oshirish oddiyligi bemor uchun qo’shimcha afzallikdir. Muolaja uzoq davom etmaydi va ba’zan maxalliy anesteziya yordamida kechadi (odatda applikatsion shakldagi anestetik etarli bo’ladi). Bemor bilan suhbat davomida albatta gerpes kasalligi haqida ma’lumotga ega bo’lish muximdir (ayniqsa, lablarni korrektsiya qilish reja tutilgan paytida). Muolajadan keyin shishlar va og’riq bemorni bezovta qilishi mumkin. Odatda bir xafta ichida bu noxushliklar yo’qolib ketadi. Ko’pincha «filler in’ektsiyalari» mezoiplarni implantatsiya qilish bilan birgalikda o’tkaziladi. Filler in’ektsiyalari so’ng kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar va holatlar: • Bir necha kun davomida shishlar kuzatilishi mumkin. • Bemorni muolajadan so’ng og’rik bezovta qilishi mumkin • Gematoma paydo bo’lishi mumkin, allergik reaktsiyalar, terining nekrozi.