RU | UZ | EN





Mazkur uslub kim uchun ko’rsatilgan?



Yosh o’tgani sayin, inson yuzining yumshoq to’qimalarining elastik xususiyatlarini pasayishi natijasida tashqi ko’rinishi ham o’zgarishi tabiiydir. Buning natijasi sifatida namoyon bo’ladigan peshona soxasiga "ajin tushib qolishi", ko’zlarning yonida "g’oz oyoqchalari" deb ataluvchi teri burmachalari, lablarning burchaklari yonida "marionet" chiziqlari kabi o’zgarishlar in’ektsion fillerlar yordamida korrektsia qilinishi mumkin. Filler bilan korrektsiya usuli turli sabablarga ko’ra klinika sharoitida davo olish uchun tayor bo’lmagan bemorlar uchun ma’qul bo’lishi mumkindir. Klinik holatga bo’liq ravishda ma’lum xarakteristikaga ega bo’lgan filler tanlanishi lozimdir.