RU | UZ | EN





Filler in’ektsiyalari (in’ektsion texnologiyalar)



Estetik tibbiyot olamida yuzning turli joylaridagi mimik ajinlarni kontur plastikasining samarali uslublaridan biri bo’lmish filler yordamida kamayib qolgan xajmni tiklashdir. Yumshoq to’qimalarning xajmini tiklash estetik tarafdan yuz konturlarini garmonik tarzga qayta keltirish yulidir. Xozirgi vaqtda fillerlar (ingliz tilidan “filler” – to’ldiruvchi) juda keng ravishda estetik tibbiyot soxasida ko’llaniladilar.

Filler in’ektsialarini qo’llash 1975 yilda liposaktsiya usuli paydo bo’lishi bilan bog’liqdir, yani ko’plab jarrohlar o’z amaliyotlarida autoyog’dan filler sifatida foydalanib yaxshi natijaga ega bo’lganlarini ma’lum qilishgan. Bir necha yildan so’ng Gross va Kirk birinchi in’ektsion shaklda buqaning kollageni asosida yaratilgan fillerni (Zyderm) klinik amaliyoti uchun taqdim etishgan (ishlab chiqaruvchi - INAMED Aesthetics, Kanada). Bundan so’ng ko’plab analog vositalar paydo bo’lgan.



Bu usulning yuz yumshoq tuqimalarini o’z vaqtidan avval qarishi jarayonini oldini olish xususiyati bilan birgalikda noinvaziv va oddiy bo’lganligi, asoratlari esa kam kuzatilishi kabi musbat taraflari mavjud. Kosmetologik maqsad bilan qo’llanaladigan ip maxsulotlarini turli xil Evropa va Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rusumlari bor. Iplarni qo’yish texnik jixatidan oddiyligi, muolajadan so’nggi tiklanish davrning yengil kechishi bu uslub yordamida doimiy ravishda foydalaniladigan bemorlar uchun qulaylik yaratadi.

Kosmetologia sohasida yangi davr boshlanishi 1989 yilda doktor Endre Alexander Balazs tomonidan gialuron kislotaning molekulasini kashf etilishi bilan bog’liqdir. Gialuron kislotasi (GK) avvalgi fillerlardan farqli ravishda yuqori biologik mutanosiblikka ega bo’lib deyarli immunogen xususiyatlardan xalos bo’lgan. XXI asrga kelib dastlabki tekshiruvlardan so’ng asosida GK tutgan in’ektsion fillerlar (Restylane) juda keng qo’llanilishi odatiy xolga aylanadi (ishlab chiqaruvchi - Q-Med, Shvetsia). Bundan so’ng kosmetologia uchun ko’plab analoglar paydo bo’ladi (Perlane, Juvederm, Elevess, Prevelle Silk va xokazo). Tarkibida GK saqlovchi fillerlar yuz ajinlarini tekislash va yoshartirish samarasiga ega bo’lish maqsadida qo’llaniladi.