RU | UZ | EN





Amaliyot o’tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo’lishi mumkin?



Mutaxassis bilan suhbat vaqtida xar bir bemorda ma’lum anatomik zonani (peshona, ko’zlar atrofi va xokazo) aniq o’rganib chiqish lozim. Ushbu bosqichda, bemorning o’zini yoshroq bo’lganini aks etadigan fotosuratlar ko’p yordam berishi mumkin. Muolajaning samarasi 48 soat ichida namoyon bo’ladi va 3 oy davomida saqlanadi. Mushaklar faoliyati 4-5 oydan so’ng qayta tiklanadi. Nisbatan kuchli bo’lgan mushaklar ko’pincha tez-tez qayta muolajalarni talab etishi mumkin. Botoks in’ektsiyalarining amalga oshirish oddiyligi bemor uchun qo’shimcha afzallikdir. Muolaja qisqa vaqt davom etadi va ba’zan maxalliy anesteziya yordamida kechadi (odatda applikatsion shakldagi anestetik etarli bo’ladi). Muolajadan keyin shishlar va og’riq bemorni bezovta qilishi mumkin. Odatda bir xafta ichida bu noxushliklar yo’qolib ketadi. Ko’pincha «botulotoksin in’ektsiyalari» boshqa kosmetologik muolajar bilan birgalikda o’tkazilishi mumkin.

Botulotoksin in’ektsiyalaridan so’ng kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar va holatlar:
  • Bir necha kun davomida shishlar kuzatilishi mumkin.
  • Bemorni muolajadan so’ng og’rik bezovta qilishi mumkin
  • Allergik reaktsiyalar
  • Meyoridan ortiq bo’lgan korrektsiya (qosh yoki qovoqlar ptozi va hokazo)
  • Gematoma paydo bo’lishi mumkin, allergik reaktsiyalar, terining nekrozi.