Ko’pincha quloqlar plastikasi quloqlar shakli bemor uchun qoniqarli bo’lmagan holatda o’tkaziladi. Otoplastika odatda «shalpangquloq» shaklini korrektsiya qilish, turli jaroxatlardan so’ng paydo bo’lgan yoki tug‘ma quloq deformatsiyasini bartaraf etish uchun bajariladi.
Otoplastika ko’pincha maxalliy og‘riqsizlantirish yordamida o’tkaziladi. Odatda yosh bolalarda operatsiya bajarilishiga zarurat paydo bo’lganida umumiy anesteziyaga ham ko’rsatma kelib chiqishi mumkin.
Amaliyotdan keyin bemorlar ba’zan quloqlar sohasida kuchsiz og’riqqa shikoyat qilishlari mumkin. Operatsiya sohasida yumshoq tuqimalarning shishlari odatda 2 xafta davomida yuqolib ketadi.
Quloqlarni plastikasi (otoplastika)
